O‘zbekistonning Livanga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov (qarorgohi Masqat shahrida joylashgan) ushbu mamlakat Prezidenti Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Prezident Jozef Aun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Livan bilan ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirish maqsadida elchi tayinlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va ezga salomlarini yo‘lladi.
O‘zbekiston elchisi, shuningdek, Livan tashqi ishlar vaziri Yusuf Rajji bilan uchrashdi.
Tomonlar Livan va O‘zbekiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor bildirish barobarida, turli darajalardagi ikki tomonlama tashriflar tashkil qilish, madaniyat kunlarini o‘tkazish va o‘zaro turistlar oqimini oshirish qaratilgan tadbirlar uyushtirish takliflarini qo‘llab-quvvatladilar.
Eslatib o‘tamiz, Abdusalom Xatamov 2024 yil 4 fevral kuni O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi sifatida Maskat shahriga tashrif buyurgan edi. 2024 yil mart oyida esa u O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90519 | Инструменты