Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxonovning bildirishicha, O‘zbekiston mojarolarni faqat tinch yo‘l va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori.
“Shu munosabat bilan, inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz barcha mamlakatlarning harakatlarini, jumladan, AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash bo‘yicha tashabbusini olqishlaymiz”, — dedi Axror Burxonov.
Uning bildirishicha, TIV G‘azo sektorida tinch aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar qurbonlari bo‘lgan to‘qnashuvlarni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu holat chuqur xavotirga solmoqda.
Vazirlik barcha tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilishga, zo‘ravonlikni oldini olishga va tinch aholi orasida qurbonlar sonining yanada ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi.
Eslatib o'tamiz, iyun boshlarida Isroil AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan taklif etilgan urushni tugatish va G‘azo sektoridagi mojaroni hal etish rejasini qabul qilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112322 | Инструменты