O‘zbekistonda muddatidan oldin pensiyaga chiqish uchun taqdimnomanib endi onlayn rasmiylashtirish mumkin

O‘zbekistonda muddatidan oldin pensiyaga chiqish uchun taqdimnomani my.gov.uz portali orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ma’lum qildi.

Yangi xizmat tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgani, shuningdek, xodimlar soni yoki shtati qisqargani sababli ishdan bo‘shatilgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

Xizmatdan quyidagi fuqarolar foydalanishi mumkin:

- erkaklar — 58 yoshdan 60 yoshgacha, kamida 25 yillik mehnat stajiga ega bo‘lsa;
- ayollar — 53 yoshdan 55 yoshgacha, kamida 20 yillik mehnat stajiga ega bo‘lsa.

Ariza topshirish uchun mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi talab etiladi. Agar mehnat staji haqidagi ma’lumotlar to‘liq raqamlashtirilmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi ham taqdim qilinadi.

Arizalar ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqaro maqbul ish taklifini olish uchun 10 kun ichida bandlik bo‘limiga borishi kerak.

Agar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab uch oy davomida fuqaroga maqbul ish topib berilmasa, u belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etiladi.

Shundan so‘ng muddatidan oldin pensiyaga chiqish uchun taqdimnoma rasmiylashtirilib, pensiya tayinlash maqsadida Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112011 | Инструменты