Avvalroq xabar berganimizdek, ayni vaqtda boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan dalalarda somon poyalari va boshqa organik qoldiqlarni noqonuniy tarzda yoqib yuborish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar kuzatilmoqda. Uzcosmos agentligining Davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida olib borilgan kuzatishlar natijasida iyun oyining bugungi kuniga qadar Respublikaning 10 ta viloyatida 639 ta mana shunday salbiy holat bo‘yicha 5350 gektar maydon noqununiy tarzda yoqib yuborilgani maʼlum bo‘ldi.
Kosmik tahlillar hudular kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda.
Toshkent viloyatida 27 ta holat 413,5 gektar;
Sirdaryo viloyatida 32 ta holat 341,9 gektar;
Jizzax viloyatida 7 ta holat 74,9 gektar;
Buxoro viloyatida 16 ta holat 96,3 gektar;
Andijon viloyatida 248 ta holat 2345,7 gektar;
Farg‘ona viloyatida 13 ta holat 66,2 gektar;
Namangan viloyatida 3 ta holat 36,7 gektar;
Surxondaryo viloyatida 253 ta holat 1823 gektar;
Xorazm viloyatida 31 ta holat 99,5 gektar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta holat 52 gektar.
Toshkent viloyatida 27 ta holat 413,5 gektar
Sirdaryo viloyatida 32 ta holat 341,9 gektar
Jizzax viloyatida 7 ta holat 74,9 gektar
Buxoro viloyatida 16 ta holat 96,3 gektar
Andijon viloyatida 248 ta holat 2345,7 gektar
Farg‘ona viloyatida 13 ta holat 66,2 gektar
Namangan viloyatida 3 ta holat 36,7 gektar
Surxondaryo viloyatida 253 ta holat 1823 gektar
Xorazm viloyatida 31 ta holat 99,5 gektar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta holat 52 gektar
Mazkur vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72112 | Инструменты