Huawei 1
Uzcosmos dala yong’inlarining dastlabki kosmik monitoringini taqdim etdi

Xabaringiz bor, har yili bahor – yoz oylarida boshoqli don ekinlari yig‘ib olinishi bilan dalalarda somon, poya va boshqa organik qoldiqlarni noqonuniy tarzda yoqib yuborish kabi holatlar kuzatiladi. Bu ekologik muammoga qarshi kurashish maqsadida Uzcosmos agentligi bir necha yillardan buyon sun’iy yo’ldoshlar orqali kosmik monitoringni olib bormoqda. 

Joriy yilgi kuzatishlarning dastlabki tahlillariga ko‘ra, iyun oyining bugungi kuniga qadar Respublika miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilishi bilan bog’liq 213 ta holat aniqlandi. Bu Surxondaryo viloyatida 180 ta (1 324,8 gektar), Sirdaryo viloyatida 17 ta (135,2 gektar), Toshkent viloyatida 3 ta (58,2 gektar), Andijon viloyatida 3 ta (18,5 ga), Farg’ona viloyatida 4 ta (20,4 ga), Jizzax viloyatida 2 ta (21,3 ga) va Buxoro viloyatida 4 ta (27,0 gektar) tashkil etmoqda.

Mazkur vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.

Shu o’rinda yer egalari ogohlantirolmoqda

Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni tez va arzon yo‘l bilan yo‘q qilib yuborishga bo‘lgan harakat O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Zarar miqdori katta bo‘lgan taqdirda hattoki jinoiy javogarlikkacha olib borishi mumkin.

Tasavvur qilib ko‘ring, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida, 500 gramm azot oksidi, 379 gramm ulgevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi atmosferaga tarqaladi. Bu toza havoning ifloslanishi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi bilan xavflidir.

Eslatib o‘tamiz, Uzcosmos agentligi ushbu holatlarni sun’iy yo‘ldosh suratlari orqali kunlik monitoring qilib boradi. Ogoh bo‘ling, mamlakatimizning eng qimmatli resurslaridan bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekin yerlariga har qanday turdagi zarar yetkazishdan saqlaning. Barcha jarayonlar nazorat ostida.

Bu kabi vaziyatlarga qarshi kurashishda va ularning oldini olishda mahalliy hokimlik hamda idoralardan ham faolroq bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

Yurtdoshlarimiz shu kabi salbiy holatlarga guvoh bo‘lishganida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 1207 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61700 | Инструменты