Huawei 1
O‘zbekistonda patentlangan obyektlardan noqonuniy foydalanish qisqartiriladi

Prezident tomonidan “Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun imzolandi.

Gaaga bitimining Jeneva akti o‘z mahsulotlarini, eng avvalo, xorijiy bozorlarda targ‘ib qilishdan manfaatdor bo‘lgan subyektlarga sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning milliy tizimlarga nisbatan ancha qulay tartib-taomillaridan foydalanish imkonini beradi.

Xususan, milliy ishlab chiquvchilar bitta arizani Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) berishlari mumkin, u barcha tartib-taomillarni bajarishni va hujjatlarni yuborishni o‘z zimmasiga oladi.

Qonunning qabul qilinishi milliy ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek, yangi mahsulot yaratishda ularning javobgarligini oshirish va ishlab chiqarishda patentlangan obyektlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, ushbu xalqaro hujjatga qo‘shilish mamlakatning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2024-yil 6-iyundan kuchga kirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50521 | Инструменты