Huawei 1
O‘zbekistonda to‘ylar tartibga solinadi

O‘zbekistonda to‘ylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu 21 aprel kuni qabul qilingan  “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan.

Farmonda qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinadi.

Shuningdek, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar nazarda tutilgan. 

Loyihaga mas’ullar etib Oliy Majlis palatalari, Madaniyat vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42301 | Инструменты