Huawei 1
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, pedagog Oygul Temirovna Xalilova vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan Oygul Xalilova 2001 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan. 

2011 yilda O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi sharafiga yubiley ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 

2016 yilda Xalilova “Do‘stlik” ordeni va O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi sharafiga yubiley ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты