Huawei 1
O‘zbekistondagi 14 863 ta ko‘prikdan 5−6 foizi yaroqsiz holatda ekani aytildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Yig‘ilishda deputatlar yo‘l infratuzilmasi masalasiga e’tibor qaratdi. 

Ularning fikricha, bugungi kunda O‘zbekistonda 14 863 ta ko‘prik bor, shundan 32 foizi, ya’ni 4834 tasi qoniqarsiz, 5−6 foizi esa yaroqsiz holatda.

2023-yilda davlat rahbari tomonidan avariya holatidagi ko‘priklarni tiklash bo‘yicha alohida qaror qabul qilingan va unda 2024 va kelgusi yillarda davlat budjetidan zarur mablag‘larni ajratish belgilangan. Bu bo‘yicha alohida dastur qabul qilingan va unda kelgusi yilda 226 ta ko‘prikni tiklash ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, 2024-yilgi budjetda 27 ta eski ko‘prikni ta’mirlashga pul ajratilishi belgilangan xolos. Fraksiya a’zolari qolgan ko‘priklar qaysi mablag‘ hisobidan ta’mirlanadi, degan savol bilan mutasaddilarga murojaat qilgan.

Yakunda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga