O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi. Bu haqda “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilandi.

Unga ko‘ra, Milliy gvradiya va IIV tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belginayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan so‘zsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Hukumatning ushbu qarori bilan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kirtiladi.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi "Ashxobod" bog‘ida tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxt aholisi va mehmonlardan iborat juda ko‘p fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bog‘ atrofida to‘planishlari natijasida, unga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda bog‘ga olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga kelgandi. Ushbu vaziyat ortidan bog‘ direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i 15 sutkaga qamalgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70212 | Инструменты