Poytaxtda 1-iyun kuniga rejalashtirilgan "Tekinga narsa tarqatish" kabi aksiyalarning barchasi to'xtatildi

Toshkent shahridagi "Ashxobod" ko‘ngilochar bog‘ida bugun, 1-iyun soat 12:00 larda tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxt aholisi va mehmonlardan iborat juda ko‘p fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bog‘ atrofida to‘planishlari natijasida, unga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda bog‘ga olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi.

Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, tiqilinchlarni va yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. 

Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

Shuningdek, poytaxtdagi jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etish rejalashtirilgan turli "Tekinga narsa tarqatish" kabi aksiyalar to‘xtatildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70413 | Инструменты