Huawei 1
O‘zbekistondan 400 dona toshbaqani qo‘shni davlatga olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Farhod” chegara bojxona posti xodimlari hamda Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi tezkor xodimi tomonidan, Bekobod shahar DXX tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida O‘zbekistondan qo‘shni davlatga chiqib ketish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 153 dona toshbaqalar borligi aniqlandi.

So‘ngra tadbir davom ettirilib, “Farxod” chegara bojxona post atrofida to‘xtab turgan avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Maʼlum bo‘lishicha, avtotransport vositasining yukxonasi hamda salon qismining orqa o‘rindig‘ida 4 dona qutilarga joylashtirilgan 247 dona toshbaqalar borligi aniqlangan.

Maʼlumot o‘rnida, tabiiy populyatsiyani saqlab qolish uchun ushbu tur Qizil kitobning yangi nashriga kiritilgan.

"Hozirda 400 dona O‘rta Osiyo toshbaqalari Bekobod shahar ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga vaqtincha saqlashga topshirildi. Keyinchalik ular tabiatga qo‘yib yuboriladi",- deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты