O‘zbekistonga 6 oyda Buyuk Britaniyadan 9 ming nafar turist kelgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida 9 ming nafar Buyuk Britaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelishgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 ming nafarga yoki 34,5 % ga oshgan.

2024 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan Buyuk Britaniya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

  • dam olish – 7 370 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 862 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 679 nafar;
  • tijorat – 32 nafar;
  • o‘qish – 31 nafar;
  • davolanish – 2 nafar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120801 | Инструменты