25-27-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Ingushetiya mintaqasida “Ixva” xayriya jamiyati tomonidan Qurʼoni karimni tajvidli o‘qish bo'yicha II xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abbosxon qori Obidov Saidmurod o‘g‘li muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra hamyurtimiz Abbosxon qori faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90422 | Инструменты