Huawei 1
O‘zbekistonliklar Tailandga vizani endi onlayn olishi mumkin

Tailand Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma'lumotga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Tailandning xorijdagi barcha elchixonalari va bosh konsullik muassasalarida elektron viza ("e-Visa") xizmati joriy etildi. 

Xabarga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Tailandning xorijdagi 94 ta elchixonalari va bosh konsulxonalarida "e-Visa" xizmatidan foydalanish mumkin bo'ladi.

Elektron viza tizimiga ko'ra, Tailand vizasi olishga murojaat qilmoqchi bo'lgan chet el fuqarosi https://thaievisa.go.th/ manzilidagi yangi onlayn elektron viza platformasi orqali ariza topshirishi kerak.

Qayd etilishicha, ariza beruvchidan pasport va tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasini Tailand diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan taqdim etishi talab qilinmaydi.

Elektron viza arizasi ma'qullangach, arizachiga tasdiqlovchi elektron pochta xabari yuboriladi. Ariza beruvchidan jo'nash portidagi aviakompaniyaga va Tailandda immigratsiya xizmati xodimlariga taqdim etish uchun tasdiqlovchi elektron pochta nusxasini chop etishi so'raladi.

Amaldagi tartibga ko'ra, 2024-yilning 15-iyul kunidan e'tiboran O'zbekiston fuqarolariga Tailandga sayohat uchun 60 kungacha vizasiz rejim joriy etilgan. Elektron viza tizimida fuqarolarga turistik, biznes, oilaviy va boshqa viza turi 90 kun muddatga beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10801 | Инструменты