Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida Jahon banki loyiha koordinatori Yorn Xuenteler boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqliktaʼminoti” boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida 2025 yilda O‘zbekiston prezidentining 100-son qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan 2026-2030 yillar davomida Andijon, Buxoro, Samarqand va Chirchiq shaharlarida joylashgan 1034 ta ko‘p qavatli uy, jumladan, 53 044 ta xonadonni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda ko‘p qavatli uylarning energosamaradorligini taʼminlash dasturining loyihaviy modelini ishlab chiqish, Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladigan ishlarning yo‘l-xaritasini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida kelgusi istiqbolli hamkorlikka kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60222 | Инструменты