Huawei 1
O‘zbekistonning yangi rezident aviakompaniyalari Janubiy Koreyaga parvozlarni boshlaydi

Transport vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari hamrohligida Seul shahrida Koreya aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Ikki davlat aviatsiya hukumatlari o‘rtasidagi oxirgi maslahatlashuvlar 2018-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan etib belgilangan va har bir tomondan 2 tadan aviakompaniyalarga aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqi berilgan.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Koreya aviatsiya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovni bekor qilish, ularga parvozlar uchun tegishli huquqlar berish, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar Uzbekistan airways aviakompaniyasi, shuningdek, kelgusida O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan yangi rezident aviakompaniyalar (Qanot Sharq, My Freighter, Air Samarkand) tomonidan ham amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты