Huawei 1
O‘zbekneftgaz uchta bank bilan $207 mlnlik kredit olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

O‘zbekneftgaz yirik klub krediti olish uchun uch bank bilan kelishuv imzoladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

28-apreldan 1-maygacha O‘zbekneftgaz delegatsiyasi Finasia Capital moliyaviy maslahatchisi bilan hamkorlikda Londonga xizmat safari uyushtirdi.

Safar davomida kompaniya Standard Chartered, MUFG Bank va Abu Dhabi Commercial Bank bilan $207 mln miqdoridagi kredit olish bo‘yicha bitim tuzdi.

Kelishuv investision va ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50404 | Инструменты