Ularning 61 tasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Bugun, 6-iyul sanasida AOKAda davlat dasturlari ijro etilishida qonuniylikni taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavusida brifing bo'lib o'tdi. Unda bir qancha ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Ta'kidlanishicha, shtablar tomonidan Investitsiya dasturidagi 2.413 ta, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 676 ta va “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlaridagi 11.427 ta loyihaning har biri monitoringga olingan.
Hozirga qadar Investitsiya dasturidagi joriy yilda yangidan boshlanuvchi 1.417 ta obyektning loyiha - smeta hujjatlari ishlab chiqildi va ularning 1.407 tasi ekspertizadan o‘tkazildi;
– “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlaridagi 5.947 ta obyektning loyiha - smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ularning 5.564 tasi ekspertizadan o‘tkazildi;
– “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 499 ta obyektning loyiha - smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ularning 437 tasi ekspertizadan o‘tkazildi;
– dasturlardagi obyektlar uchun ajratilgan mablag‘ning 5 trln so‘mdan ortig‘i yoki qariyib 24 foizi moliyalashtirilib, pudrat tashkilotlari tomonidan 4,5 trln so‘mlik ishlar bajarildi;
– Investitsiya dasturidagi 50 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturidagi 125 ta obyektlarda ishlar sifatli yakunlanib, foydalanishga topshirildi;
– dastur ijrosi bo‘yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Respublika shtabi tomonidan Toshkent, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Ushbu o‘rganishlarda aniqlangan muammolarni hal etish, jumladan, obyektlarda sifatli mahalliy qurilish materiallarini ishlatish, loyihalarni optimallashtirish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish choralari ko‘rildi.
Dasturlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan va o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar masʼullar intizomiy va 359 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Qurilish sohasida qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 61 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80311 | Инструменты