Tadbir avvalida «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘grisida» gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoni hakida ma’lumot berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Inson hayoti va faoliyati hamda atrof-muhit uchun muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarining ekologik normativlarga mosligini ta’minlash - aholi sog‘lig‘ini saqlashning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu fikrlar yig‘ilishda ishtirok etgan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, qonun loyihasi bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislari va ekspertlari tomonidan ilgari surildi. Tadbir avvalida «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘grisida» gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoni hakida ma’lumot berildi. Notiqlarning so‘zlariga qaraganda, ushbu qonun loyihasi orqali atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat tashkilotlari va fuqarolarning ishtiroki aniqlashtirilgan. Shuningdek, ushbu hujjatda fan, texnikaning rivojlanishini, eng yaxshi qulay texnologiyalar va xalqaro tajribani tadbik etilishi ham hisobga olingan. Xususan, doimiy va ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan chiqarilayotgan zararli moddalarga ekologik normativlar hamda yoqilg‘ilarning ekologik ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablarini bosqichma-bosqich yanada kuchaytirib borish kabi jihatlar shular jumlasidandir. Muhokama davomida ishtirokchilar ushbu qonun loyihasi orqali atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo‘yicha yangi modda, ozon qatlamiga salbiy ta’sir ko‘rsatishni bartaraf etish, atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan mahsulotlarni ishlatish va ishlab chiqarishni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishga doir yangi normalar kiritiliayotganligini ham ta’kidlashdi. Tadbir yakunlariga ko‘ra muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62210 | Инструменты