Kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida yangi tuzilgan Jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ibrohim Abdurahmonov kengash a’zolari bilan yaqindan tanishdi. Kengash tarkibi ta’lim, ilm-fan sohasi va nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan taniqli olim, professor-o‘qituvchilar, yozuvchi-shoirlar, mutaxassislar, fidoyi, sohaga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolardan shakllantirilgani qayd etildi.

Kengashning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga to‘xtalinib, u fuqarolarga olib borilayotgan islohotlar va tashabbuslarni to‘liq, shaffof yetkazib bera oladigan tizimga ega tuzilma bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

"Biz jamoatchilikning fikri, maslahati va kerak bo‘lsa, tanqidisiz kutilgan ijobiy natijaga erisholmaymiz. Shunday ekan, biz siz bilan fuqarolarimizni sohada olib borilayotgan islohotlarga keng jalb etish maqsadida yelkama-yelka ishlaymiz", – dedi vazir.
Kengash raisligiga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Athamjon Mirjalilov, o‘rinbosariga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti dekani Umid Yakubxodjayev, kotibligiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmat rahbari Nazokat Abduqunduzova nomzodlari ko‘rsatilib, ovoz berish natijasiga ko‘ra nomzodlar ma’qullandi. Shuningdek, kengashning faxriy raisi sifatida “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov saylandi.

Yig‘ilish davomida Kengash ish rejasi ham muhokama qilindi. Uni shakllantirishda bir qator takliflar bildirildi. A’zolarning fikr va mulohazalari e’tiborga olingan holda kengash ish rejasi takomillashtirildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari ro‘yxati:
1. Salimov Oqil Umurzoqovich, “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik – faxriy rais
2. Mirjalilov Adhamjon Jalilovich, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisning o‘rinbosari – kengash raisi
3. Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti dekani – kengash raisining o‘rinbosari
4. Abduqayumov Anvar G‘ayratovich, O‘zbekiston biznes va sanoat kengashi raisi
5. Aliyeva Kamola Ravshanovna, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, gender tenglik masalalari bo‘yicha mutaxassis
6. Ayupov Shavkat Abdullayevich, Matematika instituti direktori, akademik
7. Djurayev Ravshanxon Ergashovich, “UzReport” telekanali ta’sischisi
8. Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich,O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi
9. Mahmudova Gulrux Ravshanbekovna, Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
10. Rizayev Shuhrat Tursunovich, Kinematografiya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
11. Sayfullayev Talip Vahobovich, “Nuroniy” jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limi
12. Salaxodjayev Rauf Farxodxonovich, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti katta ilmiy xodimi
13. To‘rayev Abbosxon Sobirxonovich, Kimyo va biologiya fanlari professori, akademik
14. Xalilova Mavluda Boltayevna, O‘zbekiston xalq artisti, “Maqom dastasi”ning artisti
15. Xolbo‘tayev Nodirjon Jonuzoqovich, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, shoir
16. Qozoqov Ortiqali, san’at arbobi, rassom
17. G‘ulomova Jamila, Britaniya Kengashi direktorining o‘rinbosari
18. Xojiyev Farhod Jumaboyevich, “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri
19. Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmat rahbari – Kengash kotibi
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты