Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarini jami 211,2 ming nafar talaba bitirgan.
Bu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan solishtirilganda 144,9 ming nafarga yoki 3,2 barobarga oshgan.
Yillar kesimida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari soni quyidagicha:
— 2015 yil – 66,3 ming nafar;
— 2016 yil – 64,1 ming nafar;
— 2017 yil – 67,4 ming nafar;
— 2018 yil – 70,3 ming nafar;
— 2019 yil – 70,8 ming nafar;
— 2020 yil – 83,9 ming nafar;
— 2021 yil – 103,9 ming nafar;
— 2022 yil – 102,4 ming nafar;
— 2023 yil – 184,1ming nafar;
— 2024 yil – 211,2 ming nafarni tashkil etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60705 | Инструменты