Huawei 1
Oliy taʼlim vaziri Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi

2025-yil 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘ldi. U yerda dastlab universitetning bosh o‘quv binosida yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda innovatsion infratuzilma ko‘zdan kechirdi.

Vazir universitetda o‘quv jarayonlarini tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan simulyatsion, raqamli texnologiyalar, axborot-resurs hamda biotibbiyot texnologiyalari markazlarida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi. Jarayonda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, zamonaviy o‘quv uslublari va amaliy tajriba orttirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, vazir xorijlik talabalar, xususan, Hindistondan kelgan talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida talabalar universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini, ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot va yashash imkoniyatlari borasida ijobiy fikrlarni bildirdilar.

Uchrashuv yakunida vazir universitet rahbariyatiga xorijlik talabalar uchun qulayliklarni yanada ko‘paytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты