Olmaliqda 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakni pichoqlab o'ldirdi

Joriy yilning 8-avgust kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakka pichoq bilan tan jarohati yetkazib, uni qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea o‘zaro kelishmovchilik oqibatida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты