Huawei 1
Reuters: Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlandi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Livanda ko‘plab qurilmalar portlagandan so‘ng o‘z a’zolariga aloqa vositalaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda maxsus xizmatlardagi manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Livanda peyjerlar va ratsiyalar portlashi ortidan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi deyarli barcha texnik jihozlarni keng ko‘lamli tekshiruvdan o‘tkazgan. Korpus rahbariyati sodir bo‘lgan holatdan xavotirdaligini bildirgan. Eron Livandagi “Hizbulloh” guruhidan texnik ekspertiza natijalarini, shuningdek, detonatsiyaga uchragan buyumlarning bir nechta namunalarini so‘ragan.

Eron, shuningdek, Isroil razvedkasi bilan aloqador va ulardan pul mukofoti olishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida qo‘riqchilar korpusi xodimlarini tekshirishni boshlagan.

“Bu jarayon ularning Eron va chet eldagi bank hisoblarini, shuningdek o‘zlari va oila a’zolarining sayohat tarixini puxta o‘rganishni o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92319 | Инструменты