Olimpiada chempioniga Surxondaryo hokimi ham mashina sovg'a qildi

Surxondaryoliklar Bahodir Jalolovni sharaflamoqda, deya xabar qilmoqda Surxondaryo viloyati matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 19-avgust kuni Termiz shahrida Tokioda boʻlib oʻtgan XXXII-yozgi olimpiya oʻyinlarida sportning boks turi boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Bahodir Jalolovni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov mahoratli bokschini erishgan gʻalabasi bilan muborakbod etib, unga “Shkoda” yengil avtomashinasining kalitini topshirdi.

Sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Yoshu-keksa vohaning mard oʻgʻloni Bahodir Jalolov bilan esdalik uchun suratlarga tushdi. Gullar tuhfa qilindi.

Ayni paytda Bahodir Jalolov kamolga yetgan olis va chekka Sariosiyo tumani aholisi yengilmas bokschi bilan uchrashib, uni faxr-iftixor bilan sharaflamoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты