O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2020 yildagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida jamoada faoliyat yuritayotgan xodimga "Sport targ‘ibotchisi" qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilgan.
Belgilangan bunday ustama pullari esa Oltinko‘l tumanidagi maktablardan birida ishlovchi xodimga 6 oy davomida to‘lanmagan.
O‘z huquqlarini tiklash maqsadida sudga yuzlangan fuqaro D.A. ustama pullari to‘lab berilishini so‘ragan.
Sud hujjatining ijrosini ta’minlash, fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari qarzdorlikni undirish bo‘yicha ta’lim muassasasi vakillarini ogohlantirdi. Biroq, yarim milliarddan ziyod soliq qarzi ham bo‘lgan ta’lim muassasasi xodimning 4,9 mln so‘m ustama pullarini to‘lab bera olmadi.
Shu sababli, qarzdor muassasaga tegishli "Damas" avtomashinasi auksion orqali sotilib, sotuvdan tushgan mablag‘lardan "sport targ‘ibotchisi"ga ustama pullari undirib berildi. Mablag‘ning qolgan qismi soliq qarzlari uchun yo‘naltirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11322 | Инструменты