Huawei 1
“Omonqo‘ton” bog‘ida noyob va Qizil kitobdagi daraxtlar kesilgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Samarqand viloyatidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘ining Yo‘lsoy bo‘limi hududida bir qator fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda yo‘l ochilib, o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, ushbu hududda noqonuniy ravishda yo‘l ochilib, 869 m2 maydondagi tuproqlar surilib, 1427 m2 maydon tuproq bilan ko‘milganligi oqibatida jami 2693,9 m3 muhofaza etiladigan hududda o‘suvchi O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan 7 turdagi 1 112 tup, noyob va yo‘qolib borayotgan 5 turdagi 1 479 tup o‘simliklar nobud qilinganligi, 8 turdagi 64 tup daraxt va butalar kesilganligi, nobud qilinganligi va shikastlantirilganligi aniqlanib, tabiatga 1 mlrd. 115 mln. 907 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 204-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishildi.

Jinoyat ishi tergovi ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92012 | Инструменты