Huawei 1
Onlayn auksion orqali qancha yer maydonlari sotildi?

2023-2024 yillarning yanvar-sentyabr oylarida tumanlar kesimida sotilgan yer maydonlarining tahliliga ko‘ra, ushbu davrda onlayn auksion orqali mulk va ijara huquqi asosida sotilgan o‘rtacha 1 gektar yerning narxi 595,1 million so‘mga qimmatlashgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining tahlilida ma’lum qilindi.

Hududlar kesimida mulk va ijara huquqi asosida 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 2023 yilning shu davridagiga nisbatan Toshkent shahrida 4,7 barobar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4,4 barobar, Andijon viloyatida 3,2 barobar, Xorazm viloyatida 2,8 barobar, Qashqadaryo viloyatida 2,7 barobar va Namangan viloyatida 2,5 barobar ko‘p yer maydonlari sotilgan.

Shuningdek, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 24 ming 612 ta lot yoki 5 323,7 gektar yer maydoni ijara, 10 ming 884 ta lot yoki 500,3 gektar yer maydoni mulk huquqi asosida savdoga chiqarilgan. Bu ishlar natijasiga ko‘ra, 19 327 ta lot, 2 681,5 gektar yer uchastkalari 2 860, 1 milliard so‘mga sotilgan. Bu esa 2023 yilning shu davridagiga nisbatan sotilgan lotlar soni 1,9 barobargacha, yerlarning hajmi 1,8 barobargacha, yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar miqdori esa 4 barobargacha ortgan.

2024 yilning ushbu davrida respublikadagi 67 ta tuman (shahar)da mulk huquqi asosida yer uchastkalari auksion savdolariga umuman chiqarilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты