Bugun, 24-mart kuni Rasul Kusherbayevning Telegramdagi rasmiy "Kushervayevga murojaat" kanalida "O‘qituvchilar "Open budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlanmoqda" sarlavhasi bilan xabar joylandi.
Unda Namangan viloyati, Uychi tumanidan bir necha o'qituvchilarning murojaat aks etgan. Qayd etilishicha, murojaatchilar bugun ishga chiqishgan. Ammo maktab direktori "Open budjet" ga "100 tadan ovoz yig‘asan", deb hammani ko‘chaga haydagan.
"Yoshimiz 50 dan o‘tganda ko‘chama-ko‘cha yurib, ovoz yig‘ayapmiz. Ming lanat shu "Open budjet"iga. Yana o‘qituvchi sarson. Qachongacha bunday nohaqliklarga chidash mumkin?",-deyiladi murojaatda.
Rasul Kusherbayevning o'zi esa Andijonning Andijon, Shahrixon, Oltinko‘l, Farg‘onaning Rishton, Quva tumanlari, Namangan shahridan ham huddi shunday murojaatlar kelayotganini ma'lum qilgan.
"Barchasida bitta masala: direktorimiz ovoz yig‘ishga majburlayapti. Bunga haqqi bormi? Bu majburiy mehnat emasmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududlardagi boshqarmalariga o‘qituvchilarni bunga majburlamaslik masalasida alohida ko‘rsatma yuborib, majburlayotgan maktab rahbarlariga chora ko‘rishni boshlamasa bo‘lmaydi shekilli.
Afsus "Open budget" ham noxolis tizimga aylanib bormoqda",-deya izoh yozadi Kusherbayev.
Eslatib o'tamiz, avvalroq shunday holat Surxondaryo ham kuzatilayotgani aytilgandi. Viloyat prokuraturasi ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120914 | Инструменты