O'qotar bo'lmagan qurolni o'z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimcha kiritildi.

Unga ko'ra, shaxs o'zining qonunga xilof egaligida bo'lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig'li sovuq, uloqtirish quroli va o'zini o'zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты