"Oqqoʼrgʼon tumanidagi bogʼchada 150 nafar bola ovqatdan zaxarlanibdi, 1 nafar vafot etibdi” sarlavhali xabarlarga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatining Oqqoʼrgʼon tumanidagi bolalar bogʼchasida 150 nafar bola ovqatdan zaxarlanibdi, 1 nafar vafot etibdi” sarlavhali ma’lumotlar tarqaldi. Holat bo'yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 25 nafar tarbiyalanuvchilarining kasallanish holatini o‘rganib chiqdi.
Ma'lum qilinishicha, 2 avgustdan 11 avgustgacha intoksikatsiya sindromining klinik ko‘rinishlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent 1-shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi, Toshkent viloyati bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Oqqo‘rg’on tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joyalashtirildi.
12 avgust holatiga ko‘ra, 6 nafar tarbiyalanuvchi og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida davolanmoqda, shundan 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan bo‘lib, holati o‘ta og‘ir holatda qolmoqda. Qolgan 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilardan bakteriologik tekshiruv o‘tkazish uchun tahlillar olingan va laboratoriyaga yuborilgan.
Epidemiologiyaga qarshi tadbirlarni muvofiqlashtirish va mahalliy mutaxassislarga uslubiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar va epidemiologlar guruhi yuborilgan. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan konsilium o‘tkazilib kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarga klinik ko‘rinishlariga ko‘ra «Botulizm-?» tashxisiga gumon qilingan. Yakuniy tashxis epidemiologik tekshiruv natijalari hamda bakteriologik tadqiqot ma’lumotlariga asoslanib qo‘yiladi. Davolanish davomida 21nafar tarbiyalanuvchilarning salomatligi holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Malumot uchun: Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 5 guruhga mo‘ljallangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 136 nafar tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olingan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotida markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi, alohida mahalliy isitish tizimi, tabiiy gaz o‘rnatilgan.
Kasallikka chalinmagan mazkur maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari har kuni tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib nazoratga olinmoqda.
Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profilda keltirilgan xabarga ko‘ra ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 nafar tarbiyalanuvchining oziq-ovqat zaharlanishidan vafot etganligi keltirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, tarbiyalanuvchi Baxtiyorova Marjona Doniyor qizi 2021 yil 2 avgustgdan 7 avgustga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali shifokorlari tomonidan “Shifoxonadan tashqari ikki tomonlama o‘choqli pnevmoniya. Asoratlari: Yurak qon-tomir yetishmovchiligi. Miya shishi.” tashxisi qo‘yilib davolash ishlari olib borilgan, shifokorlarning harakatlariga qaramay pnevmoniya kasalligi asoratlariga ko‘ra yurak qon-tomir yetishmovchiligi tufayli 7 avgust kuni biologik o‘lim qayd etilgan.
Holat yuzasidan bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda, o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qo’shimcha ma’lumot beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты