Huawei 1
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi

Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda Qoraqolpog'iston Respublikasi Jo'qori Kengashi xabar qildi.

Prezidentning 2024-yil 9-fevraldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-66-son qarori asosida Turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Orol dengizi bo‘yi mobil aloqa va internet tarmog‘i, xususan, Orol dengizi bo‘yidagi «Aral Plaza» turistik dam olish maskani yonida Ucell mobil operatorining yangi tayanch stansiyasi qurilib, ishga tushirildi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga