Huawei 1
O'rta maxsus islom bilim yurtlarida 2020-2021 o'quv yili uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tdi

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarining 2020-2021 o'quv yili uchun saralash test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o'tkazilishi belgilangan.

Respublikadagi 10 ta o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga 2020-2021 o'quv yili bo'yicha saralash test sinovlari 2020 yil 16-17 sentyabr kunlari Davlat test markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 28 avgustdagi 3-son bayoni bilan tasdiqlangan ro'yxatda mavjud ochiq hududlarda karantin talabalariga muvofiq o'tkazilishi tashkil etildi.
Test sinovlarini o'tkazish uchun abituriyentlar sonidan kelib chiqib, qulay sharoitlarga ega maxsus joylar tayyorlandi.

Imtihonlar o'tkaziladigan maydonga abituriyentlar sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda himoya niqobi, maxsus qo'lqopda, tana harorati o'lchangan holda maxsus dezinfeksiya qurilmasi orqali kiritish to'liq ta'minlandi.

Test jarayonlarini pandemiya sharoitidan kelib chiqib belgilangan karantin talablari va turli ko'ngilsiz holatlarsiz o'tkazishni ta'minlash maqsadida Tibbiyot birlashma, Sanitariya epidemilogiya markazi, IIB, FVV, Milliy gvardiya xodimlarini jalb qilingan holda tashkil qilindi.
Imtihonlarda abituriyentlar “Xorijiy til” va “O'zbekiston tarixi” fanlaridan test topshirdi.


Izohlar: 9
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42607 | Инструменты