Huawei 1
OTMlarda yangi o‘quv yili 9 sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025 o‘quv yili 9 sentyabr kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 21 avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida keltirilgan.

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4 sentyabr kunidan boshlanadi.

Ma'lumot o'rnida, yangi o‘quv yilida 186 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi. Shundan 41 153 nafari davlat granti asosida, 145 718 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan. O‘z navbatida kunduzgi ta’lim shakliga grant qo‘lga kiritgan talabalar 39 903 nafarni, kontraktdagilar esa 84 132 nafarni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты