Huawei 1
Ov qilish va ovchilik xo'jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi

“Respublikada ov qilish va ovchilik xo'jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-sentyabrdan ovchilik xo'jaligini tashkil etishning quyidagi tartibi o'rnatiladi:

- ov qilish faqat ovchilik xo'jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo'jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;

- ovchilik xo'jaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1-bosqichda – 10 yil muddatga;

- investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko'ra:

2-bosqichda – 10 yil muddatga;

3-bosqichda – 29 yil muddatga.

Bunda, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko'paytirish bo'yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko'paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.

elektron onlayn-auksion g'olibi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xo'jaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xo'jaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты