Huawei 1
Oybek Isaqov Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Oybek Isaqov Markaziy bankning Andijon viloyati bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.

O.Isaqov 1986 yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon muhandislik institutini hamda 2018 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda Aksiyadorlik tijorat «Turon» banki Navoiy filiali jamg‘arma amaliyotlari sho‘basi nazoratchisi vazifasidan boshlagan.

U 2006 yildan 2019 yilga qadar «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bank Andijon viloyat filiali naqd pul mablag‘lari berilishini monitoring qilish shu’basi mutaxassisidan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bank Andijon viloyat filiali boshlig‘igacha bo‘lgan turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2019 yildan esa «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Tayinlovga qadar esa Shahrixon tumani «Dorilomon» mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92602 | Инструменты