Huawei 1
Boʻstonliqda yirik dam olish majmuasi qurilmoqda

“Chorvoq” turistik rekreatsion zonasi direksiyasi" tomonidan yana bir yirik loyihaga qoʻl urildi. Xorijiy va mahalliy sayohlarni jalb qilish maqsadida jahon andozalari asosida “Ugam river” turistik majmuasi qurilish ishlari hozirda jadal suratlarda ketmoqda.

Umumiy maydoni 13 gektar boʻlgan majmua loyihasi, yil yakuniga qadar ishlar yakunlanishi reja qilingan. 18 ta blokda koʻp qavatli binolar barpo etilmoqda.

Majmuada 830 ta bir, ikki va uch xonali apartamentlar, 100 oʻrinli bolalar bogʻchasi, restoran, savdo majmualari, dam olish maskanlari, avtoturargoh va boshqa qulayliklar yaratilmoqda. 

Hozirda 40 dan ortiq apartamentlar auksion savdolariga chiqarilgan.  

Shuni ham aytish joziki, majmuadagi elektr toki yangi qurilayotgan GES orqali taʼminlanadi va isitish tizimi avtonom shaklda suyultirilgan gaz tizimida ishlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты