Huawei 1
Rostov viloyati oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilg‘or muhandislik maktablari rivojlantiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Rostov viloyati oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan uchrashdi.

Unda Don davlat texnika universiteti rektori Besarion Mesxi, Janubiy federal universiteti rektori Inna Shevchenko, O‘zbekiston tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadriddin Turobjonov va Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ishtirok etdi.

Tomonlar hamkorlik mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bevosita universitetlararo aloqalarni kengaytirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etdi. 

– O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari orasida oliy ta’lim sohasi alohida o‘rin tutadi, – dedi Sh.Daliyev. – Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining 14 ta oliy ta’lim muassasasining filiallari faoliyat yuritmoqda. Hozirda muhandislik-texnika sohalarida ilmiy-texnikaviy hamkorlikka katta ahamiyat bermoqdamiz.

Uchrashuvda iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlarini rivojlantirish va ushbu tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha Rossiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari huzurida ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, suhbat davomida Rossiya tomoni ikki mamlakat tadqiqotchilari o‘rtasida aloqalarni kengaytirish, birgalikda ilmiy maqolalar chop etish, biotexnologiya, yadro fizikasi kabi sohalarda yosh olimlarni tayyorlash kabi masalalarda istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida takliflar bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты