Huawei 1
25-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Prezident Toshkent – Samarqand va Samarqand – Buxoro yangi temir yo‘l liniyalari qurilishini ma’lum qildi

DXSH asosida ushbu yo‘nalishlarda tezyurar poyezdlar uchun alohida temir yo‘llar quriladi.

O'zbekiston Xitoy bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qiladi

O'zbekiston va Xitoy hukumati o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risida bitim tasdiqlandi.

Turizm qo'mitasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi

Qarorga ko'ra, Xalqaro qo'shma komissiyadan akkreditatsiyadan o'tgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan o'tish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Namangan va Surxondaryoda moliyaviy piramida targ‘ibotiga yo‘l qo‘ygan maktab direktori va bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatildi

Hozirda MMTV rahbariyati tomonidan taʼlim muassasalarida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish yuzasidan respublikaning barcha hududiy maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmalariga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston prezidenti OIIB bilan 2030-yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro moliya instituti prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi. Uchrashuvda davlat rahbari huzurida umumiy qiymati 4 mrld dollardan ortiq istiqbolli loyihalardan iborat 2026-yilga qadar davrga mo‘ljallangan yangilangan "yo‘l xaritasi" imzolandi.

"Avitsenna" nomi ostida O'zbekistonning tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi

“O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Chang bo'ronlariga qarshi kurashish bo'yicha milliy dastur tasdiqlandi

2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni o'rnatish ishlari boshlanadi.

Saida Mirziyoyeva Britaniya muzeyida oʻtkazilgan"Ipak yo‘llari' ko‘rgazmasining ochilish marosimida qatnashdi

Ko‘rgazmada O‘zbekiston muzeylaridan to‘plangan, boy tarixiy va madaniy merosimizni aks ettiruvchi nodir, qimmatli osori atiqalar namoyish qilinadi.

Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

Shuningdek, 2028-yildan “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg'isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.

O‘zbekiston OIIB bilan keyingi 3 yilda yana 4 mlrd dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirishga kelishdi

Shavkat Mirziyoyev kelgusi 3 yilda O‘zbekistonda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan yana 4 mlrd dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 485 mingdan oshdi

2024-yil 1-sentabr holatiga soliq organlarida 485 381 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92523 | Инструменты