Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e'lon qilindi.
2022-yil 21-dekabr holatiga ko'ra mahsulotlar narxlari quyidagicha:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 48 000 – 78 000 so‘m
Qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 91 000 so‘m
Kartoshka (1 kg) ➖ 3000 – 6000 so‘m
Piyoz (1 kg) ➖ 3000 – 6000 so‘m
Sabzi (1 kg) ➖ 2000 – 5 000 so‘m
Tuxum (10 dona) ➖ 10 000 – 17 000 so‘m
Guruch (1 kg) ➖ 6000 – 27 000 so‘m
O‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14 000 – 30 000 so‘m
Shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 15 000 so‘m
Qayd etilishicha, bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112503 | Инструменты