Huawei 1
O'zbekiston diplomatlari og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yosh oilaning vatanimizga qaytishiga yordam ko'rsatdi

Sibir poytaxtida og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yosh yurtdoshlarimiz oilasi Bosh konsulxona ko'magida O'zbekistonga qaytarildi. 

Bosh konsulxona xodimlari tomonidan O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasining faol ko'magi bilan Novosibirskda hujjatlar bilan bog'liq muammolari tufayli yurtimizga qayta olmayotgan yosh oilaga yordam ko'rsatildi. Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi.

Hamyurtlarimiz 15-dekabr kuni Novosibirsk aeroportidan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121714 | Инструменты