O'zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga ishga jalb qilinadi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Saudiya Arabistoni ish beruvchi korxona rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O'zbekiston fuqarolarini tibbiyot, xizmat ko'rsatish va qurilish sohalarida mehnat faoliyatiga jalb qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.

Shuningdek, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ketishdan oldin Saudiya Arabistoni standartlari asosida xorijiy til va kasbga o'qitish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты