O'zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yirik zargarlik korxonalaridan biri hisoblanadigan "Gold Star Jewellery Pvt. Ltd." kompaniyasi boshqaruvchi direktori Ashish Shoh bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Tadbir chog'ida O'zbekistonda so'nggi yillarda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, zargarlik sanoatini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqish bo'yicha ko'rilayotgan izchil sa'y-harakatlar haqida batafsil so'zlab berildi.
Ashish Shoh O'zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarning ko'lami va ularning natijalaridan yaxshi xabardor ekanini izhor qildi. Mamlakat zargarlik sohasining salmoqli salohiyati va yuqori malakali mutaxassislar xalqaro hamkorlik uchun keng istiqbollar ochayotganini ta'kidladi.
Tomonlar O'zbekiston va "Gold Star Jewellery Pvt. Ltd." kompaniyasi o'rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma loyihalar amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11019 | Инструменты