11-13-dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqlardan so‘ng O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. 14-dekabrda kechasi 8-13° sovuq, shimolda 15-17° sovuqqacha atrofida hali ham sovuq bo‘ladi, kunduz kuni esa havo 0-5° iliqqacha isiydi.
15-17-dekabr kunlari harorat kechalari 0-5° sovuqqacha, ba’zi joylarda 2° iliqqacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 4-9° iliqdan
0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.
14-17-dekabr kunlari davrida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 16-dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Poytaxtda 14-15-dekabr va 17-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16-dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari 11-13° sovuqdan 0-2° sovuqqacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduz kunlari 14-dekabrda 1-3° iliq,
15-dekabrda 4-6° iliq, 16 dekabrda 0-2° iliq, 17-dekabrda 2-4° iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты