Huawei 1
O'zbekiston kompaniyasi Ar-Riyozda o'tkazilgan interyer dizayni va jihozlari ko'rgazmasida eksport shartnomasini imzoladi

Shu yilning 17-19-sentabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida "INDEX Saudi Arabia" interyer dizayni va jihozlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

O'zbekiston elchixonasi ko'magida mazkur xalqaro ko'rgazmada mamlakatimizning "AIKO", "DAFNA" va "Ixlos mebel" singari mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarining ishtiroki tashkil etildi.

 O'zbekiston mahsulotlari namoyishi uchun "INDEX Saudi Arabia" pavilyonidan 24 kv.m. joy ajratildi.

Ko'rgazma doirasida "Ixlos mebel" mas'uliyati cheklangan jamiyati va Saudiya Arabistonining "Mahmoud Chef" LLC kompaniyasi o'rtasida 67 ming AQSH dollari miqdorida eksport shartnomasi imzolandi. Shuningdek, "AIKO", "DAFNA" kompaniyalari mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha uch nafar distribyutor bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92315 | Инструменты