Huawei 1
O'zbekiston Turkiyadan 4,9 million AQSH dollariga teng bo'lgan tayyor kiyim-kechak sotib olgan

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O'zbekiston 64 ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini import qilgan.

Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSH dollariga kam.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya Federatsiyasi (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQSH dollari bilan Germaniya hissasiga to'g'ri kelgan.

Ma'lumot o'rnida, 2019 yilda O'zbekistonda qiymati 7,2 trln. so'mga teng bo'lgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100317 | Инструменты