Huawei 1
O'zbekiston va Afg'oniston birgalikda Mozori Sharifda Imom al-Buxoriy nomidagi madrasa quradi

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi hamda Afg'oniston Shaharsozlik vazirligi mutasaddilari o'rtasida videokonferensaloqa formatida muzokaralar tashkil etildi

Uchrashuvda Afg'oniston tomonidan, shuningdek, Balx viloyati ma'muriyati, Tashqi ishlar vazirligi bo'limi, viloyat hududiy shaharsozlik boshqarmasi rahbariyati va vakillari qatnashdi.

Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha amaliy fikr almashdilar. Mozori Sharif shahrida Imom al-Buxoriy nomidagi madrasani qurish ishlariga e'tibor qaratdi

Afg'oniston tomoni O'zbekiston rahbariyatiga Afg'onistonga ko'rsatilayotgan doimiy yordam va qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.

Mazkur madrasaning O'zbekiston tomonidan bunyod etilishi tili va an'analari, ma'naviy qadriyatlari va madaniyatlari o'xshash bo'lgan xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilishi ta'kidlandi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102222 | Инструменты