Huawei 1
O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari Termizda Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlik loyihalarini muhokama qildi

O'zbekiston va Belarus TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Maksim Rijenkov kecha birgalikda O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi va "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasiga tashrif buyurdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

"Hamkasbim, Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov janoblari bilan birgalikda O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi va "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasiga tashrif buyurdik. Bu har yili 1,5 milliondan ortiq mijozlarni jalb qiladigan zamonaviy savdo, mehmonxona, tibbiy, logistika va ta'lim muassasalariga ega noyob joy. Biz ushbu hududga ko'proq belarus korxonalarini jalb qilish imkoniyatlarini o'rganib chiqdik. O'zbekiston Hukumati qo'shnilarimiz va hamkorlarimiz bilan jadal iqtisodiy aloqalar ko'lamini yanada kengaytirish tarafdori", – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71518 | Инструменты