Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida 22-29 noyabr kunlari "Tadbirkor ayol" O'zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasining Qatarga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Safar davomida "Tadbirkor ayol" uyushmasi vakillari "Qatar Businesswomen Association"da davra suhbati, "Doha International Family Institute", "Elite Paper Industry", "Ali Bin Ali Holding" kompaniyalari, "View Hospital", "Korean Medical Center", "Sidra Medicine" klinikalari, "The Torch" mehmonxonasi va "Baladna" fermer xo'jaligi va "Istituto Di Moda Burgo" instituti vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.
Shuningdek, O'zbekiston tomoni Dohada o'tkazilgan Barqarorlik va tadbirkorlik bo'yicha 7-xalqaro konferensiya va "Qatar Science and Technology Park"da tashkil etilgan "Sun'iy intellekt" haftaligida ishtirok etdi.
Muzokaralar natijasida "Qatar Businesswomen Association" va O'zbekiston "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi o'rtasidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
Tomonlar o'rtasida erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish maqsadida "Qatar Businesswomen Association" vakillarining O'zbekistonga safarini tashkil qilishga kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120222 | Инструменты